19:09 / 19.08.2022
1 320

O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, 19—21 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. 19—20 avgustda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi 24-27 metr/sekundga yetishi mumkin.

Juma kuni kunduzi havo harorati 32-35 daraja atrofida bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi va ertalab harorat 12-15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari 27-30 daraja atrofida bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy me’yordan 3-5 darajaga pastdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda