date
views 1 077

Oʻzbekistonda 30 avgust kuni harorat 38 darajagacha koʻtariladi

Oʻzbekistonda 30 avgust kuni harorat 38 darajagacha koʻtariladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 30 avgust, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 33-35 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston