18:22 / 03.10.2022
1 249

O‘zbekistonda hafta davomida salqin ob-havo bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta davomida salqin ob-havo bo‘ladi
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoni sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, 3 oktabr, dushanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26 darajagacha ko‘tariladi.

4 oktabrdan 7 oktabrgacha bo‘lgan keyingi kunlarda ob-havoni antitsiklonning janubi-g‘arbiy periferiyasi belgilaydi.

5 oktabrda antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechalari 8-13 daraja, kunduzi 4—6 oktabrda 21-26 daraja, 7 oktabrda 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida salqin ob-havo bo‘ladi