date

Toshkent davlat sirkida fillar bilan bog‘liq mash-masha chiqdi

Toshkent davlat sirkida fillar bilan bog‘liq mash-masha chiqdi

30 apreldan e’tiboran Toshkent davlat sirkida Varshava sirki tomoshalar namoyish etib kelinmoqda. 6 may kuni bo‘lib o‘tgan tomoshalarda Varshavadan keltirilgan fillar quturib, hatto, arenadan tashqariga chiqib ketgan. Bu haqda “Qalampir.uz”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Saytda yozilishicha, tomosha vaqtida fillar birdan quturib qolgan. Sirk xodimlari esa zudlik bilan ularni tinchlantirishga va arenadan olib chiqib ketishga harakat qilishgan. Tomoshabinlar esa baqir-chaqir qilib tomosha zalini tark etgan.

Toshkent davlat sirki manej inspektori Farrux Davlatovning vaziyatga oydinlik kiritishicha, fillar bilan bog‘liq tomosha o‘z nihoyasiga etib, jonivorlar arenadan olib chiqib ketilayotganida, ulardan biri o‘t o‘chirgichga tegib ketadi. Natijada qurilmadan tutun chiqadi va bundan fillar bezovtalanib, ortga qaytadi.

“Odamlar bundan vahimaga tushmasin deb o‘rindiqlaridan turib, tepaga chiqishlarini iltimos qildik. Fil hech kimga zarar etkazgani yo‘q. Nazoratchilar filga banan berib, uni tinchlantirishdi va tomosha zalidan olib chiqib ketishdi. Tomosha esa yana davom etdi”, deb ta’kidlagan Farrux Davlatov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent davlat sirkida fillar bilan bog‘liq mash-masha chiqdi