09:35 / 24.12.2022
1 320

Mahalliy davlat hokimiyati organlari 2023 yil 1 aprelgacha isloh qilinadi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari 2023 yil 1 aprelgacha isloh qilinadi
Bu prezidentning «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida nazarda tutilgan. Shuningdek Vazirlar mahkamasi to‘g‘risidagi yangi qonun ham ishlab chiqiladi.
Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi mazkur farmonni amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash uchun mas’ul etib belgilanmoqda:
  • ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlarini 30 foizgacha maqbullashtirish va adolatli mehnatga haq to‘lash tizimini joriy etish;
  • ma’muriy islohotlar doirasida transformatsiya qilinayotgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining Farmonda belgilangan yangi talablardan kelib chiqqan holda samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • rahbarlarning moliyaviy va institutsional mustaqilligini oshirish orqali hududlar bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish;
  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalarini tartibga solish orqali ularni kamida 10 foizga qisqartirish;
  • xususiy sektorga o‘tkaziladigan davlat funksiyalari sonini kamida 3 barobarga oshirish, davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy etish;
  • ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimida rahbar va ijrochi xodimlarning munosib nisbatiga erishish; rahbarlarning aholi takliflari asosida faoliyatini yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik oldida hisobdorligini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi (S.Umrzoqov) mazkur Farmondan kelib chiqqan holda ma’muriy islohotlar birinchi bosqichida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini 2023 yil 1 yanvarga qadar, ikkinchi bosqichida esa mahalliy davlat hokimiyati organlarini 2023 yil 1 aprelga qadar isloh qilish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi (Bosh vazir A.Aripov) 2023 yil 1 fevralga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasini kiritadi.

Ko‘zlanishicha, hukumat a’zolari Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash mexanizmlarini belgilanadi, ularning Vazirlar Mahkamasida qarorlar qabul qilish jarayonidagi maqomini oshiriladi.

Hududlar, infratuzilma, iqtisodiyot, moliya, pul-kredit, shuningdek, ijtimoiy sohaning rivojlanishini ta’minlashda Hukumatning mas’uliyatini tubdan oshiriladi.

Hukumat a’zolarining boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yo‘nalishlardagi mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytiriladi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shu jumladan hududiy bo‘linmalar kesimidagi har birining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi hamda bir-biridan farqlovchi mezonlarni belgilanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mahalliy davlat hokimiyati organlari 2023 yil 1 aprelgacha isloh qilinadi