
Adliya vazirining “Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i imzolandi.
Unga muvofiq, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘ziga nisbatan bitta hujjatni berganlik uchun notariuslar tomonidan BHMning 5 foizigacha miqdorida to‘lov undirilishi mumkin (bugungi kunda – 15 ming so‘m).
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.12.2022 yilda kuchga kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar