09:00 / 01.01.2023
974

O‘zbekistonda maktab darsliklariga xavfsizlik talablari belgilandi

O‘zbekistonda maktab darsliklariga xavfsizlik talablari belgilandi
Foto: «Xalq so‘zi»
Vazirlar Mahkamasining 28 dekabrdagi «Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 726-son qarori imzolandi. Bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar berdi.

Hujjat bilan kuchga kiradigan reglament maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Jumladan, maktab o‘quvchilariga nashrlar:
  • 1-4-sinflar;
  • 5-9-sinflar;
  • 10-11-sinflarga mo‘ljallanadi.

Bunda darsliklar quyidagi vaznlardan oshmasligi kerak:
  • 1—4-sinflar uchun 300 gramm;
  • 5—6-sinflar uchun 400 gramm;
  • 7—9-sinflar uchun 500 gramm;
  • 10—11-sinflar uchun 600 gramm.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda maktab darsliklariga xavfsizlik talablari belgilandi