Bugun respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, shuningdek ayrim tog‘li hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, front o‘tishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Ertaga antitsiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi, O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-22 m/s gacha kuchaygan shamol ba’zi joylarda hali ham esadi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
4 yanvarda antitsiklon chekina boshlaydi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
5 yanvarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqqacha, mamlakat janubida 15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Haftaning oxiriga borib, mamlakatga Turkmaniston hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 6 yanvarda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. 2-4 yanvarda respublika tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi