11:38 / 13.01.2023
401

14 yanvar kuni harorat 12 daraja sovuqni tashkil etadi

14 yanvar kuni harorat 12 daraja sovuqni tashkil etadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 14 yanvar, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq, ba’zi joylarda 12 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, ba’zi joylarda 17 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 14 yanvar kuni harorat 12 daraja sovuqni tashkil etadi