
«O‘zgidromet» kelayotgan yangi hafta uchun ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Hafta boshida joylarda biroz sovuq harorat kutiladi. Shimolda harorat minimumlari -8 darajagacha pasayadi. Boshqa joylarda harorat -3 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.
Haftaning seshanba kunidan boshlab juma kuniga qadar joylarda havo harorati ko‘tarilib boradi.
Hatto, shimolda ham tunlari havo harorati nol darajadan yuqori iliq bo‘lishi prognozlari yangramoqda.
Mazkur issiq havo to‘lqini keyinroq g‘arbdan nam havo oqimlarini «chaqiradi», deya yozadi meteorologlar. Xususan, respublika bo‘ylab 8-9 fevral kunlari yog‘ingarchilik (asosan yomg‘ir) bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.