08:26 / 03.03.2023
495

O‘zbekistonda mart oyida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda mart oyida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” bahorning birinchi oyida qanday ob-havo kutilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Prognozlarga ko‘ra, juda iliq ob-havo bilan boshlangan 2023 yilning mart oyining birinchi o‘n kunligida havo harorati kunduz kunlari 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  Ayrim kunlarda harorat 24-27 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 29 darajagacha ko‘tariladi.

5—6 mart kunlari va o‘n kunlik oxirida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir paytida kunduzgi havo harorati biroz pasayadi, shunga qaramay, mart oyining birinchi o‘n kunligi me’yordan nisbatan iliqroq bo‘ladi.

Mart oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 7-12 daraja iliqdan 0-5 darajagacha iliq (ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari 20-25 daraja iliqdan 10-15 darajagacha iliq o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida (har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan) asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda mart oyida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi