17:32 / 01.05.2023
258

Referendum byulletenlarining 74 mingtasi haqiqiy emas deb topilgani ma’lum qilindi

Referendum byulletenlarining 74 mingtasi haqiqiy emas deb topilgani ma’lum qilindi
Bugun, 1 may kuni Toshkent shahrida Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi 
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, referendumda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan 19 million 722 ming 809 nafar fuqarodan 16 million 673 ming 189 nafari ovoz bergan. Bu umumiy sonning 84,54 foizini tashkil etadi.
 
Referendum ishtirokchilaridan 15 million 40 ming 55 nafari (90,21 foizi) Konstitutsiya o‘zgarishiga rozilik bildirgan. Qolgan 1 million 559 ming 200 nafar qatnashchi (9,35 foizi) bunga qarshi ovoz bergan.
 
Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlarning soni 73 ming 934 dona yoki nol butun yuzdan 44 foiz”, – dedi u.
 
O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror referendumda qabul qilingan deb hisoblanadi”, – deya qo‘shimcha qildi Nizomxo‘jayev.
 
Rais axborotida referendumning yakuniy natijalari Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori qabul qilinib, rasmiy e’lon qilingandan so‘ng kuchga kirishi bildirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Referendum byulletenlarining 74 mingtasi haqiqiy emas deb topilgani ma’lum qilindi