Toshkentda shamol va yomg‘ir natijasida daraxtlar ag‘darildi

Toshkent biroz qattiq shamol bo‘ldi deguncha katta daraxtlarning ag‘darilishi odatiga holga aylanib qoldi. Avvalroq, Toshkentda yuz bergan kuchli shamol oqibatida bir qancha daraxtlar avtomobillarning ustiga ag‘darilib, jiddiy zarar etkazgani haqida xabar bergan edik. Bugun ham shunga o‘xshash hodisa ro‘y berdi.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolarining ma’lumotiga asoslanib Qalampir.uz yozishicha, siz suratlarda ko‘rib turgan hodisa Toshkentning Sodiq Azimov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, katta avtomobil yo‘li chetidagi daraxtlardan biri kuchli shamol va yoqingarchilik sabab o‘z muvozanatini saqlay olmay, yo‘lga yiqilgan.
Daraxtning tuyqusdan ag‘darilishi natijasida hech kimga zarar etmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing