15:30 / 01.06.2023
251

Prezident: “Tashqi mehnat migratsiyasi tizimi to‘liq isloh qilinadi”

Prezident: “Tashqi mehnat migratsiyasi tizimi to‘liq isloh qilinadi”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xorijga ishlash uchun borayotgan aholini kasbga va chet tillariga o‘qitish ko‘lami kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP qurultoyida ma’lum qildi.
 
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tashqi mehnat migratsiyasiga to‘xtalib, tizim to‘liq isloh qilinishini bildirdi.
 
“Bugungi kunda 2 million atrofidagi aholimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – chet mamlakatlarda mehnat qilmoqda. Musofir yurtda, turli qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib non topish, albatta, oson emas.
 
Biz chet ellarda daromad bilan birga tajriba va malaka ham orttirayotgan ana shunday yurtdoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak. Ular bizning farzandlarimiz, aka-uka, jigarlarimizdir.
 
Shu maqsadda, tashqi mehnat migratsiyasi tizimi to‘liq isloh qilinadi.
 
Xorijga ishlash uchun borayotgan aholimizni kasbga va chet tillariga o‘qitish ko‘lami kengaytiriladi. Ularning Yevropa va Osiyoning yuqori haq to‘lanadigan mamlakatlariga ishga borishlari uchun ko‘maklashamiz.
 
Vatandoshlarimizga dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratib beramiz. Xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytiramiz.
 
Mehnat migrantlarimiz va ularning oila a’zolari davlatimiz, xalqimizning doimiy g‘amxo‘rligida bo‘ladi. Farzandlarining o‘qishi va oliygohlarga kirishida ham yengilliklar beriladi.
 
Bir so‘z bilan aytganda, biz xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari o‘z muammolari bilan yolg‘́iz qolib ketishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: “Tashqi mehnat migratsiyasi tizimi to‘liq isloh qilinadi”