Toshkentda yirik dehqon bozori qurilishi boshlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ-2 massivida yangi dehqon bozori qurilishi boshlangan. Bu haqida tumani hokimi Shomansur Ahmedov ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Loyihaga ko‘ra, yangi bozor 1 qavatli, usti yopilgan pavilon ko‘rinishida bo‘ladi. Unda 800ta savdo nuqtasi o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Yangi bozor qurilishi bo‘yicha ishlar sobiq tramvay halqasi o‘rnida allaqachon boshlab yuborilgani aytilgan.
"Biz pudratchini belgilab oldik. Ayni vaqtda ob’ekt hududida kotlovan (poydevor yotqizish uchun chuqur) qazilgan. O‘ylaymanki, yangi bozorning ochilishi keyingi yil Navro‘z bayramiga bo‘lib o‘tadi", deya hokimning so‘zlarini keltiradi Podrobno.uz.
Bozorda go‘sht, sut, meva-sabzavot va non mahsulotlari uchun alohida bo‘limlar bo‘ladi.
Hokimning ma’lum qilishicha, bozor qurilishiga 7 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing