date

Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashishda davom etmoqda

Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashishda davom etmoqda

Iyul oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx iyun bilan taqqoslanganda 2 foizga arzonlab, 599 sh. b. (shartli birlik)dan 588 ga qadar etdi. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi “Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o‘z ifodasini topdi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 562 sh. b. dan 556 sh. b. ga (-1%) arzonlagan bo‘lsa, g‘ishtli uylar narxi — 653 o‘rniga 635 sh. b. (-3%).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 590 sh. b. (+1%), ikki xonali — 575 (-3%), uch xonali — 593 (-1%), to‘rt xonali — 625 (-1%), ko‘p xonali — 610 (o‘zgarishsiz).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashishda davom etmoqda