O‘zbekistonda 16—18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda bosh vazirning tegishli farmoyishida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, hashar doirasida “Mahallamga 10 tup daraxt — mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekiladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari (mahalliy budjetlar daromadlarining choraklar yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizidan tashqari), homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga bepul ko‘chat tarqatish va daraxt ekish ishlarini tashkil etiladi.
Bundan tashqari, aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish hamda bog‘larni ko‘kalamzorlashtirish, ushbu hududlarda daraxtlar ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga aholining band bo‘lmagan qatlami ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi.
Xayriya hashari doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
- mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli turar joylar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;
- obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash;
- joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash.
Farmoyishda avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin emasligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Tramp sobiq kongressmen Daffini transport vaziri lavozimiga taklif qildi
Tadqiqot: iqlim o‘zgarishi to‘fonlar tezligini oshirmoqda
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi