Statistika agentligining tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, malakatda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 2021 yildagi 66 foizdan 2023 yilda 68,8 foizga o‘sgan.
Statistika agentligi har yili O‘zbekiston aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida uy xo‘jaliklarida tanlanma usulda kuzatuvlar o‘tkazadi. Kuzatuv uslubi Jahon banki va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining tavsiyalariga asoslangan.
Aholi turmush darajasi ma’lumotlari sifatini hamda turli toifadagi aholi qatlami qamrovini ta’minlash maqsadida 2023 yilda 16 mingta uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi.
“Kuzatuvlarda uy xo‘jaliklari ixtiyoriylik tamoyili asosida ishtirok etib, tanlovga tushgan uy xo‘jaliklarida kuzatuv bir oy davomida o‘tkaziladi va shundan so‘ng boshqa uy xo‘jaliklariga almashtiriladi”, — deya “Daryo”ga ma’lum qildi agentlik.
Kuzatuvga tushgan uy xo‘jaliklari inson aralashuvisiz, kompyuterda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy usulda tanlab olinadi hamda kuzatuvlar axborotlashgan tizim orqali to‘liq planshetlar yordamida amalga oshiriladi. Natijalar avtomatik ravishda umumiy bazaga kiritib boriladi.
Shundan kelib chiqib, uy xo‘jaliklariga tashrif buyurilganda, uy xo‘jaligi a’zolaridan kimdir sport muassasalarida (seksiyalarda), uyda yoki boshqa joylarda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani so‘raladi. Bunda uy xo‘jaligi a’zolaridan haftasiga necha marotaba jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani hamda kuniga qancha vaqt (soat) jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani so‘raladi.
Jismoniy mashg‘ulotlarga ertalabki mashg‘ulotlar, yugurish, sport yurishi, sakrash, og‘ir narsalarni ko‘tarish, suzish kabi insonning barcha turdagi jismoniy faolliklari hamda sheyping, fitnes, gimnastika, yengil va og‘ir atletika, harakatlanish va sport o‘yinlari (futbol, mini futbol, basketbol, voleybol, tennis, stol tennisi, badminton o‘yinlarini qo‘shgan holda) bilan shug‘ullanishlar kiradi.
Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023 yilning yanvar – dekabr holatiga jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 68,8 foizni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatkich 2021 yilda 66 foizni, 2022 yilda 67,3 foizni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi