
“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 25 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 23-28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
26—29 mart kunlari davrida O‘zbekiston hududiga nam O‘rta Yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26 martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.
25—26 va 28—29 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, 28—29 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Toshkentda 26 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27—29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25—26 mart kunlari kunduzgi harorat 25-27 daraja iliq, 27 martda 20-22 daraja iliq, 28 martda 18-20 daraja iliq, kechalari harorat asosan 11-14 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar