date

Maktablarda o‘quv yili xotira darslari bilan boshlanadi

Maktablarda o‘quv yili xotira darslari bilan boshlanadi

O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida o‘quv yili mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan «Xotira darslari» bilan boshlanadi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar qildi.

Vazirlikning oydinlik kiritishicha, o‘quv yili 4 sentyabr, yakshanba kuni boshlanadi.

«Xotira darslari"da o‘quvchilarga Prezident Islom Karimovning Vatan mustaqilligi, xalq ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, millat oldidagi yuksak xizmatlari to‘g‘risida so‘zlab beriladi.

XTV ma’lumotlariga ko‘ra, 2016−2017 o‘quv yilida 9692 ta umumta’lim maktabida 4,7million o‘quvchi ta’lim olishni davom ettiradi. 640 ming nafar bola 1- sinfga qadam qo‘yadi. Ularning barchasiga 12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat «Prezident sovg‘asi» taqdim etiladi.

Yangi o‘quv yiliga qadar respublika bo‘yicha 371 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 29 tasi yangidan qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 239 tasi rekonstruksiya qilindi, 103 tasi kapital ta’mirlandi. Ushbu maqsadlarga qariyb 400 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Yil so‘ngiga qadar 217 umumta’lim maktabida sport zallari qurilib, zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan to‘liq ta’minlanadi.

Yangi o‘quv yilida qariyb 7000 nafardan ziyod yosh mutaxassis umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ilk faoliyatini boshlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maktablarda o‘quv yili xotira darslari bilan boshlanadi