date

Prezident Islom Karimov xotirasiga ehson dasturxoni yoziladi

Prezident Islom Karimov xotirasiga ehson dasturxoni yoziladi

2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xastalik sabab shifoxonada ko‘z yumdi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda 3 sentyabrdan e’tiboran uch kunlik motam e’lon qilindi. 78 yoshida olamdan o‘tgan Prezident o‘z vasiyatiga binoan tug‘ilib o‘sgan ona shahri Samarqandga dafn etildi. Prezident Islom Karimovni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun 17 davlat delegasiyalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishdi.

Bugun, 5 sentyabr kuni Prezident Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yoziladi. Ma’lum qilinishicha, ehson marosimi birgina Toshkent shahridagi 5ta eng yirik – “Yakkasaroy”, “Charog‘on”, “Farovon”, “Navro‘z” hamda “Sayohat” restoranlarida soat 11:00dan 15:00gacha bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Islom Karimov xotirasiga ehson dasturxoni yoziladi