O‘tgan hafta yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va havoning salqinlashishidan so‘ng ushbu hafta davomida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +23…+28 darajadan +28…+33 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat +35…+37 darajagacha isiydi.
27−29 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12…+15 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +25…+28 darajadan +29…+32 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi