O‘zbekistonda prezidentning vafoti sanasi haqida yolg‘on xabar tarqatganlarga qarshi kurash kuchaytirildi


O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti bilan bog‘liq asossiz mish-mishlar tarqalishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirdi. Bu haqda "Kun" xabar bergan.
O‘zbekiston hukumati 2 sentyabr kuni prezident Islom Karimovning 78 yoshida insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etgani haqida rasman ma’lum qilgandi. Marhum 3 sentyabr kuni o‘z ona shahri Samarqandda dafn etildi.
"Ijtimoiy tarmoqlar, internet-messenjerlar va internet-telefoniya servislarida tarqatilgan yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash va ularning oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda", — degan manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ijtimoiy tarmoqlar orqali Islom Karimovning vafoti sanasi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlar, shuningdek, O‘zbekistonning birinchi prezidenti vafotidan keyin mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyat yomonlashishi haqida fikrlar bildirib, aholi o‘rtasida vahima hosil qilishga uringanlar haqida bormoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…