17:19 / 09.03.2015
8 018

O‘zbekistonda hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, bahor boshlanganiga qaramay ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi.

Jumladan, 9−10 mart kunlari Toshkent shahri, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘ladi, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, (shimolda 3−8° sovuq), kunduzi 3−8° iliq bo‘ladi

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 11−martda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, 12−14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi (Toshkent viloyatidan tashqari). 11−14 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilk kutilmaydi. Farg‘ona vodiysida 11 martda yomg‘ir, 12 martda qor yog‘ishi mumkin. 13−14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0−5° iliq, kunduzi 10-17° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda