18:36 / 20.08.2024
191

"Propiska"ga qo‘yish bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi

"Propiska"ga qo‘yish bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joyi bo‘yicha xabardor qilishi tartibi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ushbu qonun loyihasi bilan «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qonun bekor qilinib, respublika bo‘yicha fuqarolarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishining yagona tartibi joriy etiladi, shuningdek, vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibini takomillashtirgan holda turar joy bo‘yicha xabardor qilish tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Propiska"ga qo‘yish bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi