date 18:50 / 02.10.2024
views 121

O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2024 yilning oktyabr oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. 2—4 oktyabr kunlari harorat kechalari 13-18 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 26-31 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yomg‘ir faqat 2 oktyabr kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 3—4 oktyabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida yog‘adi.

Respublika bo‘yicha 5 oktyabrdan 10 oktyabrgacha harorat foni pasayadi. Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida 5—6 oktyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7—10 oktyabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 10-15 daraja iliqdan 0-5 darajagacha iliq, kunduz kunlari 23-28 daraja iliqdan 15-20 darajagacha iliqqa o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligida ayrim hududlarda ayoz kuzatilishi mumkin. Oktyabr oyi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarining ayrim kunlarida (o‘n kunlikda 1-3 kundan) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston