15:00 / 13.10.2024
132

Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida 14 oktyabr kuni yomgʻir yogʻadi

Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida 14 oktyabr kuni yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” 14 oktyabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida ma'lumot berdi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +15...+17 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, ba'zi joylarda 0... –2 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +15...+20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +15...+20 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin Shamol gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja iliq boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston