Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi-Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sirg‘ali tumaniga tashrif buyurib, tumanda metro bekatlari barpo etish, er ustidan o‘tadigan zamonaviy metro yo‘li qurish zaruritiga to‘xtalgan edi.
Er usti tezyurar metro yo‘nalishini qurish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. Uzunligi 8 kmdan ortiqni tashkil qiluvchi er usti tezyurar metro yo‘nalishi 4 yil mobaynida qurib bitkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida Serg‘ali tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi, deyiladi "Qalampir.uz" xabarida.
Choshtepa, Mirzo Tursunzoda, Qipchoq ko‘chalaridan “Yo‘ldosh” dahasidagi Mardlik ko‘chasigacha bo‘lgan hududdan o‘tadigan liniya 6ta stansiyadan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, tumanda bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan, eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlanadigan 500 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilishi ham rejalashtirilgan. Ushbu ulkan loyihaning amalga oshirilishi 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi