Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i polkovnik Ahrorjon Xalimjonovich Adhamov lavozimidan ozod etildi.
Ushbu buyruqqa ko‘ra, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev ham lavozimidan ham ozod etilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan, boshqarmaning Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olinib, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisligiga tayinlangan edi. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Xolmuhammedov mudofaa vaziri lavozimida ish boshlagan.
Ahrorjon Adhamov va Timur Sobirov egallab turgan lavozimlariga qachon tayinlangani ma’lum emas. Ichki ishlar vazirligi 2019 yil iyun oyida Ahrorjon Adhamov Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanganini xabar qilgan.
Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev 2019 yil iyuniga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2019 yil yanvar–iyun oylarida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2019 yil iyunida IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i etib tayinlangan. 2020 yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilib, bu lavozimda 2022 yil fevraligacha ishlagan. Toshxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2023 yil avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”