14:42 / 28.11.2024
12

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda
Joriy yilning 29 noyabr-2 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 29 noyabr-1 dekabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2 dekabrga kelib, 3 daraja sovuq -2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq -3 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29 noyabr-1 dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda