14:11 / 29.11.2024
16

“O‘zgidromet” dam olish kunlariga prognozini e’lon qildi

“O‘zgidromet” dam olish kunlariga prognozini e’lon qildi
Bir necha kun kuzatilgan juda iliq va quruq ob-havodan so‘ng, bugundan boshlab O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, 29 noyabr va dam olish kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30 noyabr—1 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 29 noyabr — 1 dekabrda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi. Kechagi 20-23 daraja daraja iliqdan so‘ng, 29 noyabr, juma kuni kunduzi harorat 10-15 daraja darajagacha iliq, 1 dekabr, yakshanba kuni esa 3-8 daraja iliqlashadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonda qishning birinchi kuni qor yog‘ishi kutilayotgani haqida avvalroq “O‘zgidromet” tezkor gidrometeorologik axborotida ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zgidromet” dam olish kunlariga prognozini e’lon qildi