
«O‘zgidromet» dekabr oyi uchun ob-havo prognozini taqdim etdi. Qayd etilishicha, oy harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yor atrofida bo‘ladi.
Birinchi o‘n kunlikda harorat kechalari —3 daraja, shimolda —8 darajagacha sovuq bo‘ladi. O‘nkunlikning boshida (1—2 dekabr) va so‘ngida (9-10 dekabr) yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunlikda havo harorati tunda —0...—5 daraja sovuqdan, +2...+7 daraja iliqqacha, oy so‘ngida esa —5...—10 daraja sovuqqacha o‘zgaradi. Kunduz kunlari harorat +10...+15 daraja iliqqacha, oy so‘ngida —0...—5 darajagacha pasayishi mumkin.
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligining qaysidir kunlari shimolda harorat kechalari —17 darajagacha pasayishi ham mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar