Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni mutaxassisliklar kesimida o‘rgandi.
Tahlil jarayonida 180 ta tuman va shaharda istiqomat qiluvchi 7843 ta beruvchi ishtirokida 172 ta mutaxassislik kesimida so‘rov o‘tkazildi.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida savdo sohasi, xususan onlayn savdo sohasida mutaxassislarga talab eng yuqori. So‘rovda qatnashgan ish beruvchilarning katta qismi (23,4 foizi) savdo sohasida faoliyat yuritadi. Respublikadagi jami korxonalar orasida savdo korxonalarining ulushi eng yuqori bo‘lib, 32,5 foizni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida aynan savdo sohasi mutaxassislariga talab yuqoriligini asoslaydi.
Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasi mutaxassislari, xususan, qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7 foiz), qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasi mutaxassislari (1,4 foiz), traktor, buldozer, kombayn haydovchilari (1,4 foiz), agronomlar (1,3 foiz), kashtachi, tikuvchi va to‘quvchilarga ham talab yuqori (1,7 foiz).
Ta’lim muassasalarida xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va IT o‘qituvchilariga (1,2 foiz) ham talab yuqori.
Hozirgi kunda davlat sektori va xususiy sektorga tegishli korxonalarda marketolog, IT dasturchilari, buxgalterlar, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlarga talab yuqori.
Shuningdek, malaka talab etilmaydigan farrosh, haydovchi va bog‘bonlarga ham talab yuqori ekanligi aniqlangan. Buni ular orasida qo‘nimsizlik darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Institut kelgusi so‘rovlarda kasblar ko‘lamini kengaytirishni va natijalarni raqamlashgan platforma orqali keng jamoatchilikka yetkazishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Prezident Kubogi. Bosh mukofot Hindiston vakiliga nasib qildi