Prezident Shavkat Mirziyoev 27 dekabr kuni sun'iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda 2025 yilga moʻljallangan rejalar haqida axborot berildi. Jumladan, Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida «bulutli» ma'lumotlar markazi ishga tushiriladi. Startaplarga sharoit yaratish uchun Toshkent axborot texnologiyalari va Inxa universitetlarida sun'iy intellekt boʻyicha laboratoriyalar ochiladi. Davlat idoralarining 3 ming nafar xodimi, hokimlar va oʻrinbosarlarining bu borada malakasi oshiriladi.
Mutasaddilarga sun'iy intellekt asosida ishlaydigan loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga etkazish vazifasi qoʻyildi.
“Oʻzbektelekom” kompaniyasiga kelgusi yil boshqaruvni toʻliq raqamlashtirib, xarajatlarni iqtisod qilish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingni olish zarurligi ta'kidlandi.
“Oʻzbekiston pochtasi” tizimida kelasi yil 1 ming 600 ta pochta boʻlinmasida elektron tijorat mahsulotlarini topshirish yoʻlga qoʻyiladi. Raqamli saralash markazi ochilib, bunday tovarlar va pochta joʻnatmalariga ishlov berish sifati yaxshilanadi. Bu maqsadlar uchun Evropa tiklanish va taraqqiyot bankidan mablagʻ jalb qilinadi.
Barcha tarmoq va hududlar kesimida raqamlashtirish boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi. Jumladan, kelgusi yilda 6 mingta yangi tayanch stantsiya quriladi. 30 ming kilometr optik tolali kabellar tortilib, qamrovi 98 foiz boʻladi. Soha eksportini 1,2 milliard dollarga etkazish choralari koʻriladi.
Taqdimotda sun'iy intellektga doir qonuniy asoslarni yaratish, raqamli texnologiyalar sohasida ta'limni rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?