21:36 / 02.01.2025
78

Prezident maslahatchisi Sardor Umrzoqovga yana bir vazifa yuklandi

Prezident maslahatchisi Sardor Umrzoqovga yana bir vazifa yuklandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 dekabr kuni “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga asosan, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.

Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni va mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda prezidentga kiritib borish Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalaridan biri boʻladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari boʻyicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish, ularni oʻtkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas'ul maslahat organi hisoblanadi.

Kengash faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta'minlash prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi Sardor Umrzoqov tomonidan amalga oshiriladi.

Kengash tuzilmasida quyidagi yoʻnalishlarga mas'ul boʻlgan ishchi guruhlar tashkil etiladi:
- xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
- davlat va jamiyat qurilishi;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;
- tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
- hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
- ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston