Ayni kunlarda mamlakatimizda yoqilg‘i etishmovchiligi kuzatilayotganligi sir emas. Bu holat bir necha oydan buyon davom etayotgani esa ko‘pchilik haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi ba’zi yoqilg‘i quyish shahobchalari o‘z faoliyatini to‘xtatishga ham majbur bo‘lgan. Bu haqda Sof.uz yozmoqda.
“O‘zneftmahsulot” AK haydovchilardan turli gap-so‘zlar va shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Bu borada “Xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.
“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga bu boradagi murojaatlarning soni ko‘payib ketganligi bois kompaniya rasmiy saytida ayni holatga rasman izoh berib o‘tdi. Xabarda keltirilishicha, aslida benzin tanqisligi kompaniya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar orqali amalga oshmoqda.
Birinchidan, ba’zi haydovchilar me’yoridan ortiq miqdorda benzin olishmoqda. Ayrim haydovchilar buni o‘zlari uchun g‘amlab qo‘yayotgan bo‘lsalar, yana ayrim kimsalar esa daromad olish maqsadida ortiqcha benzin sotib olmoqda.
Ikkinchidan, mamlakatimiz bo‘ylab avtomobillar sonining ortishi ham yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillardan biridir.
Alohida ta’kidlash zarurki, turli maqsadlarda ortiqcha miqdorda benzin g‘amlab qo‘yish holatlariga qarshi “O‘zneftmahsulot” AK “O‘zdavneftgazinspeksiya” va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi