“Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (1-son, 06.01.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazish;
- “Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;
- davlat bogʻlarida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.
Shuningdek, Ta'lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha va umumiy oʻrta ta'lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Qaror bilan “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.
Davlat bogʻchalari tarbiyalanuvchilarning sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta'minlash maqsadida 2025 yil 1 iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
2025 yil 1 iyulgacha sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bogʻchalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish yoʻlga qoʻyilishi ta'minlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda yoʻl muammolarini hal qilish uchun “qizil liniya” ishga tushirildi
Oʻzbekiston nima uchun ov qilishga moratoriy joriy etmoqchi boʻlyapti?
Oʻzbekistondan qoʻshni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Davlat sirlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxati yangilandi