15:24 / 24.10.2016
8 610

Ekspert fikri: benzin narxini oshirib nimaga erishildi?

Ekspert fikri: benzin narxini oshirib nimaga erishildi?

23 oktyabrdan boshlab benzin narxi 31 — 35 % ga oshgani haqida xabar bergan edik. Sputnik muxbiri soha ekspertlaridan biri bilan muloqotda bo‘ldi.
Mutaxassis aytishiga qaraganda hukumatning bunday qaror qabul qilishiga narxlar keskin o‘sishi deb emas, benzin tanqisligi muammosini hal qilish tomoniga qo‘yilgan qadam deb qarash kerak. «Hozir ko‘pchillik benzin narxi 35%ga o‘sgani haqida gapirayapti. Lekin bu erda asosiysi narx oshishi emas, benzin narxini Toshkentda va boshqa viloyatlarda bir xil qilish. Axir uzoq vaqt davomida Toshkentda, benzin davlat tomonidan dotasiya qilib o‘z tannarxidan arzon «ijtimoiy benzin» sotilayotgan edi. Bu holat turli olib-sotar uchun benzinni 2075 so‘mdan sotib olib viloyatlarda 3-5 mingdan sotishi uchun imkoniyat yaratar edi. Natajada Toshkentda benzin taqchil, viloyatlarda esa — qimmat edi» — deydi ekspert.

Ushbu qarorning asosiys maqsadi, respublika hududidagi barcha AYoQShlarda benzin narxini tenglashtirish. Oldin viloyatlarda tijorat narxda benzin sotayotgan AYoQShlar ham faoliyat yuritayotgan edi. Ular benzin narxini juda qimmat sotish hollari ham uchrab turardi. Endi bo‘lsa Toshkentda sotilayotgan «ijtimoiy benzin» bekor qilindi, tijorat narxda sotilayotgan benzinning esa — narxi tushdi. «Bozordan arzon narxda sotilayotgan «ijtimoiy benzin»ning yo‘q qilinishi olib-sotarlar faoliyatiga chek qo‘yadi va birinchi navbatda viloyatlarda benzin tijorat narxini tushiradi. Bunday tizim, albatta, doimiy ravishda barcha hududlar etarli miqdorda benzin bilan ta’minlangan holda yaxshi natija beradi. Ikkinchidan ushbu chora davlat byudjetidan «ijtimoiy benzin» uchun to‘lanayotgan ulkan xarajatni olib tashlaydi. Ushbu mablag‘ bundan buyon yo‘llarni ta’mirlashga ishlatilishi mumkin»,- deb hisoblaydi ekspert.

Endi nima bo‘ladi? Mutaxassisning fikriga ko‘ra benzin narxi oshishi tufayli hali gaz o‘rnatmagan taksi avtomobillari yoppasiga gaz o‘rnatishga o‘tishi ham mumkin. Yangi gaz-ballon tizimi narxi 1,8 mln so‘m turadi. Ikkinchidan, taksi xizmatlari bozorini arzon va noqonuniy taksichilar tark eta boshlaydi. Natijada xaridorlar uchun taksi xizmatlari narxi biroz oshadi. Transport xarajatlari narxi oshishi tufayli alohida mahsulot va xizmatlar narxi ham oshishi mumkin.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ekspert fikri: benzin narxini oshirib nimaga erishildi?