23:20 / 14.01.2025
4 592

“Oʻzgidromet” 15 yanvarga ob-havo prognozini e'lon qildi

“Oʻzgidromet” 15 yanvarga ob-havo prognozini e'lon qildi
“Oʻzgidromet” 15 yanvar, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda bir oz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Prognozlarga koʻra, hafta oʻrtasidan Oʻzbekiston hududi boʻylab bulutlilik oshishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻoldi va togʻli hududlarda 16—17 yanvarda ayrim joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Oʻzgidromet” 15 yanvarga ob-havo prognozini e'lon qildi