17:57 / 20.01.2025
20

Hokim yordamchilari oʻtgan yili 300 ortiq korruptsiyaga oid jinoyatlar qildi

Hokim yordamchilari oʻtgan yili 300 ortiq korruptsiyaga oid jinoyatlar qildi
Oʻzbekistonda 2024 yilda jami 6898 nafar shaxs tomonidan 5716 ta korruptsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Korruptsiya qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma'lum qildi.

Uning qayd etishicha, 2023 yilga nisbatan korruptsiyaga oid jinoyatlar «Hududgazta'minot» AJ, Suv xoʻjaligi, mahalliy hokimliklar hamda bank sohasida kamaygan. Biroq oliy ta'lim, transport hamda qishloq xoʻjaligida oshgan.

Maktabgacha va maktab ta'limi, sogʻliqni saqlash, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohalarida korruptsiyaga oid jinoyatlar salmogʻi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida 2024 yilda 309 ta korruptsiyaga oid jinoyatlar hokim yordamchilari faoliyati bilan bogʻliq holda sodir etilgan.

Hududlar kesimida korruptsiyaga oid jinoyatlar Toshkent viloyatida,Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida eng koʻp sodir etilgan va aksincha, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida korruptsiyaviy jinoyatlar kam sodir etilgan.

Agentlikka 2024 yil davomida jami 4176 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat maxalliy hokimliklarga 55 ta soʻrovnoma yuborilgan, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan, 6 ta jinoyat ishi, 10 ta ma'muriy ish qoʻzgʻatilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilgan.

Bundan tashqari, agentlik tomonidan 327 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, natijalariga koʻra 327 ta loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 ta korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlangan va ularni bartaraf etish choralari koʻrilgan.

Shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi, davlat xaridlari, davlat organlarining ochiqligi hamda byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha vazirlik va idoralarga 408 ta taqdimnoma kiritilgan.

Taqdimnomalar natijasida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 85 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllandi, 234 ta holatda jami 263,9 mlrd soʻmlik xaridlar bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlari oʻtkazilishining oldi olindi.

Oʻrganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga huquqiy baho berish uchun 293 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan umumiy 28 ta jinoyat ishi va 104 ta ma'muriy ish qoʻzgʻatildi. Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida jami 222,7 mlrd soʻmlik moddiy zararning davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan qarorlar qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston