Aholi daromadini oshirish boʻyicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi

Aholi daromadini oshirish boʻyicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi
Foto: Yuz.uz
“2025 yilda aholi bandligini ta'minlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025 yilda aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash dasturi hamda uning doirasida maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.

2025 yilda dastur ijrosi doirasida 5,2 million aholini ish bilan band qilish hamda daromadli mehnat bilan ta'minlash maqsadida ayrim tashkilotlar mas'ul etib belgilandi.

2025–2026 yillarda Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda parrandachilik sohasida kooperatsiya tizimida zamonaviy soʻyish korxonalari (kushxonalar) va muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlar va chiqindilarni qayta ishlash, naslli joʻjalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz ichiga olgan tayyor biznes loyihalari amalga oshiriladi.

2025 yilda kambagʻal oila a'zolarini jalb etgan holda:
  • 20 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi;
  • jami 100 gektar er uchastkalarida brussonetiya daraxtini yetishtirish boʻyicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.
  • 2025 yil 1 iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga oʻzi ekkan daraxti toʻgʻrisida ma'lumotlar kiritgan kambagʻal oilalar a'zolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar