Ayni paytda Prezident Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda developerlar tomonidan ob'ektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin boʻlishi hamda ushbu tartibning nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etilishi ma'lum qilindi.
Shuningdek, endilikda quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin koʻpi bilan 12 oy davomida er soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi. Ob'ekt muddatida topshirilmasa, developer er soligʻini 2 karra miqdorda toʻlaydi.
«Yangi Oʻzbekiston» massivi uchun berilgan erlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.
Bu uylarni pastki qavatida xususiy bogʻcha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk soligʻidan ham ozod qilinishi ta'kidlandi.
Hokimlarga bu massivlarga koʻchib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bogʻcha tashkil qilishni boshlash topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar