13:11 / 28.01.2025
89

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatiga 1 mlrd dollar investitsiya kirityapti

Oʻzbekiston farmatsevtika sanoatiga 1 mlrd dollar investitsiya kirityapti
"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 18 dekabr kuni "Toshkent farmatsevtika parki" klasteri tarkibiga kiruvchi farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uchrashdi", – deyilgan maqola muqaddimasida.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti farmatsevtika sanoatiga 1 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritishni tasdiqlagani ta'kidlangan.

Nashrda oʻtgan etti yilda Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish ikki barobar, eksport hajmi 11 karra, korxonalar soni 3 barobar, investitsiyalar hajmi 750 million dollarni tashkil etgani xabar qilingan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 3500 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarilmoqda.

"Davlat rahbari buni talabni toʻliq qondirish uchun etarli emas, deb atadi va dori vositalarining 80 foizi xorijdan keltirilayotganini tanqidiy baholadi, – deb yozilgan maqolada. – Ushbu 80 foizni kamaytirish maqsadida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va eksportni koʻpaytirish chora-tadbirlari taklif etildi".

Oʻzbekiston prezident farmatsevtika korxonalari bilan uchrashuvda ular uchun bojxona imtiyozlarini 2028 yilgacha uzaytirish va kapitali 100 million dollar boʻlgan ilgʻor farmatsevtika loyihalari sarmoya jamgʻarmasi tashkil etilishini ma'lum qildi.

Import ulushini kamaytirish maqsadida dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi ham muhokama qilindi. Ommabop dori vositalari sifatini xorijiy analoglardan kam boʻlmagan darajada ta'minlash, raqobat va foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan loyihalar portfelini yaratish ma'qullandi.

Maqolada ma'lum qilinishicha, eksportni oshirish uchun davlat byudjeti tadbirkorlarning AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi va Evropa dori vositalari agentligidan sertifikat olish xarajatlarini qoplaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston