19:38 / 03.02.2025
219

Oʻzbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi e'lon qilindi

Oʻzbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi e'lon qilindi
Foto: Norma
«Oʻzbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2025 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2025 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov zimmasiga yuklandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston