16:46 / 01.11.2016
7 477

Yunusobod metrosi qurilishi qayta boshlandi

Yunusobod metrosi qurilishi qayta boshlandi

Toshkent metropolitenining uzoq yillardan buyon qurilishi to‘xtab qolgan Yunusobod yo‘lidagi ikkita bekatni qurish ishlari boshlandi.

Terabayt.uz‘ning xabariga ko‘ra, ayni kunlarda ushbu qurilish maydonchasida maxsus texnikalar, quruvchilar ishlashmoqda. Qurilish maydonini o‘rab turgan devor olib tashlandi, to‘planib qolgan axlat olib chiqildi va chuqurlikni qazish ishlari davom etmoqda.

Qurilish tashkiloti vakilining so‘zlariga qaraganda, metro bekatlaridan biri Yunusobod dehqon bozor oldida, ikkinchisi undan 1 km uzoqlikdagi ko‘p qavatli uylar orasidagi chorrahada joylashadi.

Agentlikning yozishicha, mazkur hududda qurilishga halal berayotgan daraxatlar kesilmoqda. Buning hisobidan avtomobil yo‘li kengaytirilishi mumkin.

Yunusobod metro yo‘lining qurilishi qachon tugashi aniq emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yunusobod metrosi qurilishi qayta boshlandi