Milliy gvardiyaga ma'muriy jazo chorasini qoʻllash vakolati berildi

Milliy gvardiyaga ma'muriy jazo chorasini qoʻllash vakolati berildi
Milliy gvardiyaning voyaga etmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha vakolatlari kengaytirildi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ma'muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda ma'muriy jazo choralarini qoʻllashga doir vakolatlari belgilandi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar