14:02 / 08.02.2025
247

30 ga yaqin davlat xizmati xususiy sektorga beriladi

30 ga yaqin davlat xizmati xususiy sektorga beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga oktyabrga qadar qator davlat xizmatlarini xususiy sektorga berishni topshirdi. U bu haqda juma kuni xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida gapirdi.

Soʻnggi uch yilda 27 turdagi davlat xizmatlari xususiy sektorga berildi. Lekin vazirliklarda bu yoʻnalishda hali qilinadigan ishlar juda koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, Davaktiv agentligi rieltor va baholovchini imtihondan oʻtkazish, toifa berishni, Turizm qoʻmitasi gidlarga malaka sertifikati berish xizmatini, Agrosanoat inspektsiyasi qishloq xoʻjaligi va maxsus texnikalarni majburiy koʻrikdan oʻtkazishni xususiy sektorga berishi mumkinligi ta'kidlandi. Boshqa vazirlik va idoralarda ham tadbirkorlar bemalol qila oladigan xizmatlar juda koʻp.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga 1 martga qadar 11 ta, 1 oktyabrgacha yana 18 ta davlat xizmatini xususiy sektorga berish choralarini koʻrish topshirildi.

Har bir vazirlikka oʻz tizimidagi qaysi xizmatni xususiy sektorga, jumladan autsorsingga berish va yangi xizmatlarni joriy qilish mumkinligi boʻyicha taklif tayyorlash topshirildi. Bu borada Raqobat qoʻmitasining mas'uliyati belgilandi.

Tadbirkorlarda er uchastkalari va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish shartlari boʻyicha savollar koʻpligi bois, bu borada ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish va e'lon qilish vazifasi qoʻyildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston