16:19 / 23.02.2025
5 329

Oʻzbekistonda hafta boshida ob-havo keskin oʻzgarishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda hafta boshida ob-havo keskin oʻzgarishi kutilmoqda
Oʻzgidromet ertaga, 24 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+9 daraja, kunduzi +15...+17 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja, Ustyurtda kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin), ayrim joylarda kuchli boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, 23–25 metr/soniyagacha etishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ayrim joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja boʻladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston