12:44 / 17.03.2025
232

O‘zbekistonda hafta davomida harorat qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda hafta davomida harorat qanday bo‘ladi?
O‘zbekistonda 17—20 mart kunlari quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, havo harorati asosan kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-25 daraja iliq, ba’zi joylarda 27-30 darajagacha iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikkacha esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston