15:30 / 28.03.2025
21 933

29 mart kuni mamlakatimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

29 mart kuni mamlakatimizda qanday ob-havo kutilmoqda?
“O‘zgidromet” 29 mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” aprel oyi uchun prognozini ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, oy quruq ob-havo bilan boshlanadi. Aprelning birinchi besh kunligida havo harorati 22-25 daraja iliqdan 27-30 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston